«rossiya banklari» tegli maqolalar


Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani birdaniga 12 foizgacha ko‘tardi
15 avgust 2023, 17:27

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani birdaniga 12 foizgacha ko‘tardi

Rossiya Markaziy banki rublning zaiflashishi fonida asosiy stavkani 8,5 foizdan 12 foizga oshirdi. Qaror narx barqarorligini ta’minlash uchun risklarni cheklash maqsadida qabul qilindi, deydi regulyator.

Rossiya regulyatori xorijiy banklar filiallarini ochishdagi taqiqni bekor qilmoqchi
14 sentabr 2022, 16:03

Rossiya regulyatori xorijiy banklar filiallarini ochishdagi taqiqni bekor qilmoqchi

RF markaziy banki va Moliya vazirligi hukumat majlisida xorijiy banklarga mamlakat hududida filiallarini ochishga ruxsat berishni taklif qildi. Biroq tashabbus bilan faqat do‘stona mamlakatlarning kredit tashkilotlari Rossiyada o‘z filiallarini ochishlari mumkin bo‘ladi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 7 ta bankini SWIFT tizimidan uzib qo‘ydi
2 mart 2022, 17:18

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 7 ta bankini SWIFT tizimidan uzib qo‘ydi

Yevropa Ittifoqi VTB (Rossiyadagi ikkinchi yirik bank), Rossiya banki, “Открытие”, Sovkombank, Novikombank, Promsvyazbank va VEB banklarini SWIFT tizimidan uzib qo‘ydi. Shuningdek, YeI Rossiyaga yevrodagi banknotlarni sotish, yetkazib berish va eksport qilishni ham taqiqladi.

Yevropa va AQSh Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi
27 fevral 2022, 13:59

Yevropa va AQSh Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi

Yevropa va AQSh Rossiyaga nisbatan yangi “qattiq moliyaviy sanksiyalar” qo‘llashga kelishib oldi. Unga ko‘ra, Rossiyaning sanksiya ostidagi banklari SWIFT tizimidan uzib qo‘yiladi. Shuningdek, Rossiya hukumatiga aloqador shaxslarning xorijdagi aktivlari muzlatiladi.

Sanksiya ostidagi «Sovkombank» mijozlari valyuta ayirboshlash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi
25 fevral 2022, 20:35

Sanksiya ostidagi «Sovkombank» mijozlari valyuta ayirboshlash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi

Yaqinda O‘zbekistonning «O‘zagroeksportbank» bankini sotib olgan va sanksiyalar ostida qolgan Rossiyaning «Sovkombank» banki valyuta ayirboshlash, xorijiy valyutadagi depozitlarni qabul qilish va valyuta o‘tkazmalarini amalga oshirishni to‘xtatdi. Bundan tashqari, ushbu bank kartalaridan Apple Pay va Google Pay to‘lov xizmatlarida foydalanib bo‘lmaydi.

O‘zbekistonliklarning sanksiya ostidagi Rossiya banklariga pul o‘tkazmalari muzlatilishi mumkin
23 fevral 2022, 19:46

O‘zbekistonliklarning sanksiya ostidagi Rossiya banklariga pul o‘tkazmalari muzlatilishi mumkin

Buyuk Britaniya tomonidan Rossiyaning beshta bankiga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi munosabati bilan, ushbu banklarda ro‘yxatdan o‘tgan hisob raqamlariga o‘tkazilgan har qanday mablag‘lar qaytarilishi yoki muzlatilishi mumkin. InfinBank matbuot kotibining ma’lum qilishicha, ushbu holat bo‘yicha aniq ma’lumotlar yoki aniq ssenariylar yo‘q. «Bank o‘z mijozlarini ushbu holat bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishga qaror qilgan», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting